16:06 / 15.01.2020
0
7233

Germaniyalik sobiq diplomat Xitoy foydasiga josuslik qilishda gumonlanmoqda

Foto: REUTERS/Mike Segar

Germaniya bosh prokuraturasi YeIning germaniyalik sobiq diplomati va lobbist firmasining ikki xodimini Xitoy foydasiga josuslik qilishda gumon qilmoqda. Bu haqda "Shpigel" nashri xabar berdi.

Nashrning ma'lumot berishicha, huquqni muhofaza qilish organlari ushbu ish bo‘yicha Berlin va Bryusseldagi hamda Baden-Vyurtemberg va Bavariya federal yerlaridagi ofis va xonadonlarda tintuv ishlarini o‘tkazgan.

Xabar qilinishicha, gumonlanuvchilarning ikkitasi Xitoy davlat xavfsizlik vazirligiga shaxsiy va xizmat ma'lumotlarini taqdim etishgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top