18:35 / 15.01.2020
0
34533

O‘zbekistonga «D» guruhidan kim raqib bo‘lishi mumkin?

Foto: Tribuna.uz

Osiyo chempionati «S» guruhi 3-turi doirasida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘lgan (1:2) O‘zbekiston olimpiya jamoasi guruhda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 Eron olimpiyachilari parallel kechgan o‘yinda Xitoy ustidan so‘nggi daqiqalarda kichik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, ochkolar bir xil bo‘lishiga qaramay, to‘plar nisbatiga ko‘ra, guruhdagi ikkinchi yo‘llanma aynan bizga nasib etdi.

 «S» guruhidagi turnir jadvalidagi yakuniy holat:

 Xo‘sh, chorak finalda O‘zbekiston olimpiya jamoasiga qaysi jamoa ro‘baru kelishi mumkin? Guruhda 2-o‘rinni olgan vakillarimiz 19 yanvar kuni chorak finalda «D» guruhi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

 «D» guruhidagi 3-tur o‘yinlari ertaga, 16 yanvar kuni o‘tkaziladi. Iordaniya – BAA, Vetnam – KXDR uchrashuvidan keyin guruh g‘olibi ma'lum bo‘ladi. Shimoliy Koreya jamoasi guruhdan chiqa olmasligi oydinlashgan bo‘lsa, Iordaniya, BAA va Vetnam jamoalari O‘zbekistonga raqiblik qilish imkoniyatiga egalar.

 Ochkolar bo‘yicha BAA va Iordaniya bir xil holatda bo‘lsa-da, to‘plar nisbatiga ko‘ra BAA yaxshi holatda. Shu bois, BAA va Iordaniya o‘rtasidagi uchrashuv durang natija bilan yakunlansa, amirliklar olimpiya jamoasi O‘zbekistonga raqiblik qilishi mumkin. G‘alaba ham aynan ularni bizga ro‘baru qiladi. Aks holat esa Iordaniyaning 1-o‘rinni olishini ta'minlaydi.

 BAA va Iordaniya o‘rtasidagi o‘yin durang natija bilan yakun topib, Vetnam KXDR ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonsa, to‘plar nisbatiga ko‘ra, aynan Vetnam jamoasi chorak finaldagi raqibimizga aylanishi ham mumkin. Xullas, variantlar ko‘p, raqibimiz kim bo‘lishini payshanba kungi o‘yinlardan keyin bilib olamiz.

 3-tur. 16 yanvar (payshanba)

Vetnam – KXDR

Iordaniya – BAA

 «D» guruhidagi turnir jadvalidagi holat:

 Usmon Ibodov

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top