23:27 / 16.01.2020
2
38851

Navoiydagi 4 qavatli savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi

Navoiy shahar Yangi bozor mavzesi hududidagi 4 qavatli savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Kun.uz muxbirlari 16 yanvar soat 23:00ga yaqin yong‘in sodir bo‘lgan yerga yetib borishdi va bu vaqtda yong‘in bartaraf etilgandi.

Mahalliy aholi orasidagi guvohlarning aytishicha, savdo markazi ichidan hech narsani olib chiqishning imkoni bo‘lmagan. E'tiborlisi, aholi vakillari bu bino o‘rnida oldin ham savdo majmuasi bo‘lgani va u ham o‘z vaqtida yonib ketganini aytishdi.

Ayni damda bino IIB va milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘rab olingan. Yong‘in tafsilotlari haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top