09:05 / 17.01.2020
0
9193

Toshkent viloyatida o‘t oldirish joyida qoldirilgan kalit avtomashinani olib qochishga sabab bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 12 yanvar kuni taxminan soat 05:30larda noma'lum shaxs Toshkent viloyati, Chirchiq qurilish texnikasi zavodining avtoturargohida 30 yoshli Z.A. tomonidan qarovsiz qoldirilgan Cobalt rusumli avtomashinaning signalizatsiyasi yo‘qligi va o‘t oldirish joyida kalit qoldirilganligidan foydalanib, orqa yon oynasini sindirib, avtomashinani noma'lum tomonga olib qochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida olib qochilgan avtomashina oynalari sindirilgan holatda Bo‘stonliq tumanidagi Tantana ko‘chasidan topilgan. Shuningdek, ushbu jinoyatni Sirdaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, vaqtinchalik Chirchiq shahrida yashab kelayotgan 37 yoshli E.X. sodir qilganligi aniqlanib, protsessual tartibda gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan.

Hozirda E.X.ga nisbatan ayblov e'lon qilish va ehtiyot chora tanlash choralari ko‘rilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashina qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang”, - deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top