19:58 / 20.01.2020
1
7682

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ: Korxonalarimizdan 25 nafar xodim viloyat, tuman kengashlari deputatligiga saylandi

Saylovlarni demokratiya ko‘zgusi deyiladi. Har bir mamlakatda saylovlarning qay daraja ochiq, oshkora va shaffof o‘tishi o‘sha yurtdagi chinakam demokratik turmush tarzini o‘zida aks ettiradi.

2019 yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi mamlakatimizda keyingi yillarda erkin va demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida olib borilgan islohotlarning natijasini yaqqol namoyon etdi.

Ta'kidlash joizki, bu galgi saylovlar «Yangi O‘zbekiston, yangi saylovlar» shiori ostida ochiq-oshkora, milliy saylov qonunchiligimiz talablariga muvofiq, demokratiya tamoyillari asosida hamda umume'tirof etilgan xalqaro huquq normalari va standartlari talablariga hamohang tarzda tashkil etildi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va uning tizimidagi korxonalarda mehnat qilayotgan xodimlar ushbu saylov jarayonlarida o‘zlarining fuqarolik huquq va majburiyatlarini amalga oshirishda faollik ko‘rsatdilar. Quvonarlisi, ulardan bir qanchalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida o‘z nomzodlarini ilgari surib, viloyat mahalliy kengashi deputatligiga saylandilar.

Xususan, jamiyat va uning tarkibiy korxonalarida turli lavozimlarda faoliyat yuritayotgan 25 nafar xodim tuman, viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatligiga saylandi.

Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va qashqadaryolik xodimlar ancha yaxshi natijalarni qo‘lga kiritdilar.

Alohida ta'kidlash o‘rinliki, elektr ta'minoti korxonalari vakillarining deputatlik faoliyati bilan shug‘ullanishi joylarda aholining mazkur sohadagi muammo va tashvishlarini yaqindan o‘rganish, o‘z vaqtida bartaraf etish, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, xalqimizni rozi qilishda o‘z samarasini beradi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top