17:54 / 20.01.2020
2
129900

«Shamoli yetib kelyapti, shamoli!» - Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq va Afg‘oniston haqida

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda nutq so‘zlagan prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir vakolatlari, oldida turgan vazifalariga to‘xtaldi. 

«Biz yaqinda ijro organi rahbarini tayinlaymiz. U endi Toshkentda o‘tirib yig‘ilish qilmaydi, qog‘ozbozlik qilmaydi. Qog‘ozbozlik kamayadi. Umuman ijro organi ishini bosh vazirning o‘zi qilishi kerak. 

Prezidentning esa o‘z ishi bor. Tashqi siyosat bor. 

Yaqin Sharqdagi voqealar bizga ta'sir qilmaydi, deb o‘ylaysizlarmi? Shamoli yetib kelyapti, shamoli! Chegaralarimiz atrofida xavf ortib boryapti.

Afg‘onistondan bizga yaqin chegaralarni tozalab berishni so‘radik. Ular ham o‘zaro hamkorlik shartnomalari yuzasidan qandaydir harbiy operatsiyalar qilganday bo‘lishdi, ammo bu bilan xavfsizlik ta'minlanib qolmaydi. Biz o‘zimiz xavfsizlikni ta'minlashimiz kerak. Biz yer tagida ilon qimirlasa bilamiz. Xavf yo‘q emas, vaziyat murakkabligini yaxshi tushunib turibmiz», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top