20:20 / 20.01.2020
0
5482

Tanzila Norboyeva: Qonunchilik bazasi mustahkam bo‘lmasa, investitsiyalar taqqa to‘xtashi mumkin

Senat raisligiga qayta saylangan Tanzila Norboyeva nutqida bir necha masalalar haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Yangi saylov kodeksi asosida o‘tkazilgan saylovlar O‘zbekiston uchun yangilik bo‘ldi. Bu saylovlar haqiqatan biz to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizni ko‘rsatdi. Shu bilan birgalikda, juda ko‘p muammolarimiz mavjudligini ham ko‘rsatdi.

Quyi palatamizdan farqimiz esa hududiy hokimliklarning manfaatlari. Ayniqsa mahalliy hokimliklarni o‘z holiga tashlab qo‘yish holatlari juda ham ko‘p edi oldin.

2019 yilda 220 trillion so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan. O‘zbekiston tarixida bunaqa ko‘rsatkich bo‘lmagan. Mana shunday investitsiyalar keladigan bo‘lsa, agar qonunchiligimiz bazasi mustahkam bo‘lmasa, ularni bajarishni biz nazoratga olmasak, ular taqqa to‘xtab qolishi ham mumkin.

Yangi O‘zbekistonning asosi mahalliy kengashlar bo‘ladi.

Men olib boradigan ishlarda birinchi navbatda mahalliy kengashlarga, mahallik organlar va quyi palata bilan hamkorlikni tashkil qilaman», deya Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top