21:59 / 21.01.2020
0
10904

AQSh va Xitoy bitimidan Yevropa Ittifoqi davlatlari 11 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin

Foto: Reuters

2021 yilda Yevropa Ittifoqi davlatlari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo bitimining birinchi bosqichi tuzilishi sababli 11 mlrd dollar atrofida zarar ko‘rishi mumkin. Bu haqda Kil jahon iqtisodiyoti institutining hisobotida ma'lum qilindi.

"AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo bitimi Yevropa Ittifoqidan tovarlar eksportiga sezilarli salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bu Xitoyga eksportning kamayishi tufayli Yevropa Ittifoqiga 11 mlrd dollarga tushishi mumkin", deyilgan tadqiqotda. Mutaxassislarning fikricha, savdo bitimi ayniqsa Germaniyaga, jumladan, uning samolyotlar va avtomobillar ishlab chiqarish sanoatiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi.

Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, 2021 yilda AQShdan Xitoyga ba'zi tovarlarning eksporti 2017 yilga nisbatan 95 mlrd dollarga ko‘payadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top