13:35 / 22.01.2020
0
71363

Doniyor Toshxo‘jayev Farg‘ona viloyati IIBga boshliq etib tayinlandi

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi.

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari -  IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

U bu lavozimda biroz avvalroq «Mahalla» kengashi raisi lavozimiga o‘tkazilgan Rahmat Mamatov o‘rnini egalladi.

Polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev 2019 yilning iyunida Akromxon Boboxonov o‘rniga Ichki ishlar vazir o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi. 

Muqaddam Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Toshxo‘jayev 2019 yil yanvaridan 2019 yil yoziga qadar Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top