19:01 / 22.01.2020
0
11313

Tramp Iroq prezidenti bilan mamlakatdan xorij qo‘shinlarini olib chiqib ketishni muhokama qildi

Foto: Getty Images

Iroq prezidenti Barham Solih va AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdan xorij qo‘shinlarini olib chiqib ketishni muhokama qildi. Bu haqda Iroq prezidenti devonxonasi xabar berdi.

Solih va Tramp uchrashuvi Davosdagi iqtisodiy forum maydonida bo‘lib o‘tdi.

“Uchrashuv davomida mamlakatda xorij qo‘shinlarining bo‘lishi va ularning sonini qisqartirish hamda Iroq xalqining milliy suverenitetni saqlash va xavfsizlikni ta'minlash borasidagi talablariga rioya qilish muhimligi ta'kidlandi”, - deyiladi bayonotda.

Iroq parlamenti 5 yanvar kuni mamlakat hududidan xorij qo‘shinlari olib chiqib ketilishiga ovoz bergandi.

AQSh prezidenti Donald Tramp agarda mamlakatdan Amerika harbiylari chiqarib yuboriladigan bo‘lsa, Iroqqa nisbatan sanksiyalar kiritilishini aytgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top