08:40 / 24.01.2020
0
11387

Boysun-Termiz yo‘lida kuchli qor sababli 150dan ortiq mashina to‘xtab qoldi

Joriy yilning 22 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Boysun—Termiz yo‘lida kuchli qor sababli 150dan ortiq transport vositasi to‘xtab qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Boysun—Termiz yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida kuchli qor yog‘ishi natijasida mashinalarning harakati vaqtinchalik to‘xtagani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.

Mazkur xabar asosida Boysun tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yo‘lni qordan tozalagan, 150dan ortiq avtomashinar va 300ga yaqin fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida Boysun—Termiz yo‘nalishidagi avtomobillar harakati tiklangan.

Avvalroq, Kitobdagi Taxtiqoracha dovonida qalin qor sabab qatnov to‘xtatilgan edi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top