21:29 / 24.01.2020
0
19871

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda 25 yanvardan 28 yanvargacha kutilayotgan ob-havo ma'lumotini taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 25 yanvar, shanba kuni 0—5 daraja sovuq, 26 va 28 yanvarda 3—8 daraja sovuq, 27 yanvarda 0—5 daraja iliq, kunduzi 25 yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 26—28 yanvarda 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 25 yanvarda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 26—28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 25 yanvarda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 2—7 daraja iliq, 26—28 yanvarda kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 25 yanvarda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 26 yanvar, yakshanba kuni ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 27—28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 25 yanvarda ba'zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 yanvarda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 4—9 daraja iliq, 26 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 0—5 daraja iliq, 27—28 yanvarda kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 25 yanvarda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 26—28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 25 yanvarda ba'zi joylarda 15—20 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25—26 yanvarda 0—5 daraja iliq, 26 yanvarda ba'zi joylarda 2 daraja sovuq, 27—28 yanvarda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 25 yanvarda 7—12 daraja iliq, 26—28 yanvarda 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 25 yanvarda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 26 yanvarda ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 27—28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 25 yanvarda ba'zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25 yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 26 yanvarda 0—5 daraja iliq, 27—28 yanvarda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, 25—26 yanvarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 27—28 yanvarda ba'zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 25 yanvarda ba'zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 25 yanvarda 0—5 daraja iliq bo‘ladi, 26—28 yanvarda 2—7 daraja sovuqqacha pasayadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top