22:50 / 25.01.2020
0
20143

Afg‘onistonda Moldova aviakompaniyasi vertolyoti urib tushirildi

Afg‘onistonda Moldova aviakompaniyasiga tegishli Mi-8 vertolyoti raketa bilan urib tushirildi. Voqea oqibatida afg‘on harbiylari va Ukraina fuqarolari bo‘lgan ekipaj a'zolari jabrlangan. 

Moldova fuqarolik aviatsiyasi idorasi matbuot kotibi Irina Bodolikening xabar berishicha, hujum 25 yanvarda Gilmand viloyatida sodir etilgan. 

Uning ta'kidlashicha, vertolyot Afg‘oniston milliy armiyasi harbiylarini olib ketayotganda toliblar hujumiga uchragan. Vertolyot avariyaviy holatda qo‘na olgan, ekipaj va yo‘lovchilarni ortdan kelayotgan boshqa vertolyot o‘z bortiga olgan.  

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 4 harbiy va ekipajning 2 a'zosi jarohat olgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top