08:00 / 26.01.2020
0
8092

Britaniyalik suzuvchi iqlim o‘zgarishiga qarshi Antarktidadagi daryodan suzib o‘tdi

Foto: Twitter/Lewis Pugh

Britaniyalik suzuvchi Lyuis Pyu Antarktida sharqida muzlar erishidan hosil bo‘lgan daryodan suzib o‘tdi. 

“Men Sharqiy Antarktidada sizga bir haqiqatni yetkazish uchun suzdim: men ushbu mintaqada muzlarning jadal erishi guvohi bo‘ldim, menda biz favqulodda iqlim vaziyatida turganimizga shubha yo‘q. COP26’da [BMT rahnamoligida iqlim bo‘yicha o‘tadigan muzokaralar] dunyo yetakchilari olg‘a borishlari yoki xalaqit qilmasliklari kerak. Vaqt tugab bormoqda”, deb yozgan Pyu tvitterda.

U maxsus kiyimsiz, birgina qalpoq, ko‘zoynak va plavkida bo‘lgan.   

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Pyu suzib o‘tgan masofaning bir qismi muz tunnellari orqali o‘tgan va ungacha biror inson bunday murakkab sharoitlarda suzmagan. 

Ta'kidlanishicha, 2014 yil avgustda Lyuis “Yetti dengiz” loyihasini amalga oshirgan. Suzuvchi jamiyatga suv hududlariga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishni eslatish maqsadida O‘rta yer, Adriatika, Egey, Qora, Qizil, Arabiston va Shimoliy dengizlarda marafoncha suzishni amalga oshirgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top