23:13 / 27.01.2020
1
16081

Bill Geyts yangi koronavirusga qarshi kurashga 10 mln dollar xayriya qildi

Foto: Global Look Press/Qin Lang/Xinhua

Dunyoning eng boy odamlari uchligiga kiruvchi amerikalik milliarder Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda Geytsning jamg‘armasi Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirusga qarshi kurash uchun 10 mln dollar ajratishini e'lon qildi. 

Ta'kidlanishicha, jamg‘arma koronavirusga qarshi Xitoyda kurashish uchun 5 mln dollar ajratadi.  

Qolgan 5 mln dollar Afrikadagi kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlariga “qora qit'a”da koronavirus tarqalishi bo‘yicha himoya choralari, jumladan virus bilan bog‘liq vaziyatni skrining qilish, laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazish, bemorlarni davolash uchun ajratiladi. 

27 yanvar ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan halok bo‘lganlar soni 81 nafarga yetgan, qariyb 3 ming kishi virusdan zararlangan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top