22:55 / 28.01.2020
0
7992

Koronavirus sababli Honda’ning Xitoydagi zavodi ishini to‘xtatdi

Foto : Shutterstock

Yaponiyaning Honda Motor avtokonserni koronavirus tarqalishi sababli Shanxay yaqinidagi mototsikllar ishlab chiqaruvchi ikkita zavodi ishini to‘xtatdi, deb xabar berdi «Asaxi» gazetasi.

Xabarda aytilishicha, Honda yiliga 850 ming donaga yaqin mototsikl ishlab chiqariluvchi ushbu zavodlarida mahsulot ishlab chiqarishni 10 fevralgacha to‘xtatishga qaror qilgan.

Ayni vaqtda Yaponiyada muqaddam Uxanda bo‘lmagan 60 yoshli erkak virusdan zararlangani ma'lum qilindi. Taxminlarga ko‘ra, sayyohlik avtobusining haydovchisi bo‘lgan bu shaxs virusni uxanlik bir guruh sayyohlardan yuqtirgan. Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi vakili buni tasdiqladi. Yaponiyada jami olti kishi koronavirus yuqtirgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusning yangi turi keltirib chiqargan pnevmoniyadan 106 kishi vafot etgan, shuningdek, 4500dan ortiq odam virusni yuqtirib olgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top