20:52 / 30.01.2020
0
22232

Bill Geytsning qizi misrlik sportchiga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi 

Dunyoning eng boy odamlaridan biri, Microsoft asoschisi Bill Geytsning katta qizi Jyennifer Katarina Geyts misrlik sportchi Nail Nassarga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi. 

Bu haqda 23 yoshli qizning o‘zi Instagram’dagi akkauntida ma'lum qildi. U sahifasiga bu voqeaning suratini joylagan. Suratda Jyennifer Katarina Nassar bilan birga qorda o‘tirganini, qizning qo‘lida esa unga tuhfa qilingan nikoh uzugini ko‘rish mumkin. 

Qiz suratga izohda turmushga chiqish taklifiga javobi “Million marta “Ha” bo‘lishini yozgan.   

Djyennifer Geyts Stenford universitetida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladi. Uning bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i – 28 yoshli Nail Nassar konkur sporti bo‘yicha taniqli sportchi bo‘lib, Kuvaytda ulg‘aygan. U ham Stenfordda tahsil olgan.

Ta'kidlash joiz, hozirda Bill Geyts 110,6 milliard dollar bilan dunyoning eng boy odamlari orasida 3-o‘rinni egallamoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top