18:19 / 01.02.2020
0
8133

Misrda 37 nafar jangari o‘lim jazosiga hukm qilindi

Qohira jinoyat ishlari bo‘yicha sudi "Bayt Ansor al-Maqdis" terrorchilik guruhining 37 jangarisi o‘lim jazosiga loyiq topilgani to‘g‘risidagi hukmni tasdiqlash uchun mamlakat muftiysiga yubordi.

Bu haqda al-Masry al-Youm gazetasi xabar berdi.

Keyinchalik IShIDga qo‘shilgan guruhga Misr OAV mamlakatning "eng xavfli terrorchisi" deb ataydigan Hishom Ashmaviy rahbarlik qilgan.

Ushbu ish bo‘yicha 208 kishi javobgarlikka tortilgan bo‘lib, 37 nafariga hukm chiqarilgan. Ular 54ta jinoyat, jumladan, politsiya ofitserlarini o‘ldirish, Qohira xavfsizlik boshqarmasi binolari, masjidlar va boshqa binolarni portlatish, talonchiliklar sodir etishda ayblanmoqda.

Jinoyatchilar sobiq ichki ishlar vaziri Muhammad Ibrohimni ham o‘ldirishga uringan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top