15:10 / 02.02.2020
1
25699

Foto: Bekobodda «Isuzu» avtobusi ag‘darilib ketdi

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida ichida 20 kishi bo‘lgan «Isuzu» rusumli avtobus ag‘darilib ketdi va ikki kishi jarohatlandi. Avtobus Bekoboddan Sirdaryo viloyatining Shirin shaharchasi tomon harakatlanayotgan bo‘lgan.

«2 fevral kuni soat taxminan 12:00larda Bekobod shahrida «Isuzu» avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Shaharning Me'mor ko‘chasida joylashgan aylanma harakatlanish joyida sodir bo‘lgan avtohalokatga avtotransport vositasining  texnik nosozligi, aniqrog‘i, avtobus old balonining tormozlanib qolishi sabab bo‘lgan. Natijada «Bekobod shahar ATS» MChJga tegishli, davlat raqami 10 349 RAA bo‘lgan avtobus o‘ng tomonga yonboshlab qolgan.

Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan paytda avtobus ichida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan 2 nafari tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga yuborilgan.

Avtobus Bekobod shahar markaziy bozoridan Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi GES tomonga harakatlanishda bo‘lgan.

Avtobus haydovchisi harakatlanish vaqtida hushyor holatda bo‘lgani aniqlangan», deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top