08:36 / 03.02.2020
1
11842

Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘iga 1000 dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi 

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida IIB xodimiga 1000 dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Illyustrativ foto

Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda. 

Bo‘stonliq tumani IIBga kelib tushgan arizada xususiy zavodlarning biriga tegishli bo‘lgan mulk o‘g‘irlab ketilganligi va qonuniy chora ko‘rilishi so‘ralgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida gumondor sifatida jalb qilingan, Bo‘stonliq tumanida yashovchi fuqaro G‘.T. haqiqatdan ham 3 fazalik 32 metr kabel va “Telfer” nomli yuk ko‘tarish moslamasini zavoddan o‘g‘irlab, A. ismli tanishiga 3 million so‘mga sotib yuborganini ma'lum bo‘ladi. Jinoyati fosh bo‘lishini istamagan G‘.T. tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik A.B.ga ishni uning foydasiga hal qilib berishini so‘rab, evaziga 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qiladi.

Holat bo‘yicha podpolkovnik A.B.ning arizasiga asosan, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va hamkorlikdagi tuzilmalar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G‘.T. 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni IIB xodimiga pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top