02:59 / 03.02.2020
0
10897

La Liga. Fatining 100 soniya ichida qayd etgan dubli «Barselona»ga g‘alaba keltirdi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionatining 22-turida «Barselona» o‘z maydonida «Levante»ni qabul qilib, Anssumane Fatining dubli evaziga g‘alaba qozondi. E'tiborlisi, 17 yoshli hujumchi 2ta to‘pni 100 soniya ichida kiritdi. Mehmonlardan yagona javob goliga Rochina mualliflik qildi.

G‘alabadan so‘ng «Barselona» ochkolarini 46taga yetkazib, peshqadam «Real»dan 3 ochko ortda qolmoqda. «Levante» esa 26 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.

La Liga, 22-tur

Barselona – Levante 2:1
2 fevral, «Kamp Nou»
Gollar: Fati (30, 31) – Rochina (90+2).
Barselona: ter Stegen, Pike, Langle, Alba, Semedu, Rakitich, Buskets, de Yong (Artur, 80), Fati (Puch, 87), Messi, Grizmann (Serji Roberto, 71). 
Levante: Fernandes, Tono, Postigo, Vezu, Miramon, Kampanya, Rochina, Melero (Ernani, 60), Vukchevich (Bardi, 80), Roxer Marti, Morales (Mayoral, 60).
Ogohlantirishlar: Pike (65), Alba (65).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top