17:39 / 03.02.2020
1
5537

Surxondaryoda quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tanlov loyihasi boshlandi

Energetika vazirligi Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida fotoelektr (quyosh) stansiyasini qurish bo‘yicha birinchi pilot loyihasi boshlanganini e'lon qildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot bankining ko‘magida O‘zbekiston hukumati tomonidan ishlab chiqilgan 1 GVt quyosh energiyasini ishlab chiqarish dasturining bir qismi hisoblanadi. 

«Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi yangi qonun talablariga muvofiq malakali xususiy developer sarmoyadorlarni tanlab olishga qaratilgan ushbu xalqaro tanlov 2020 yil 1 fevralda start oldi va joriy yilning iyul oyigacha davom etadi. 

Loyihaga ko‘ra, amalga oshirish uchun tanlab olingan Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan maydonda 200 MVt.dan kam bo‘lmagan o‘zgaruvchan tok quvvatli fotoelektr (quyosh) stansiyasi hamda 220 kVt kuchlanishli yangi nimstansiya va kuchlanishi 220 kVt bo‘lgan «Surxon» nimstansiyasiga ulanish uchun 52 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyasi quriladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top