18:54 / 04.02.2020
0
6807

Hongkongda tibbiyot xodimlari Xitoy bilan qatnovlar to‘xtatilishini talab qilmoqda

Foto: REUTERS / Tyrone Siu

Hongkongda to‘rt mingdan ortiq tibbiyot xodimlari Xitoy bilan qatnovlar to‘liq to‘xtatilishini talab qilib ishga chiqmadi. Bu haqda RTHK telekanali xabar berdi.

"Bugun 4400 dan ortiq tibbiyot xodimlari navbatchilikka chiqmadi, ularning aksariyati – 2500 dan ortig‘i sanitarlar, bu tibbiy xizmat faoliyatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi", - deyiladi telekanal xabarida.

Hongkong ma'muriyati rahbari Kerri Lem tibbiyot xodimlari o‘z munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va ishga qaytishlariga umid bildirdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 20,4 mingdan ortib ketgan, 425 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top