21:53 / 04.02.2020
0
16546

Misrda dunyodagi eng katta uy qurilishi rejalashtirilmoqda

Misrlik magnat va arxitektor Muhammad Xadid Qohira shahri yaqinida ko‘p qavatli uy qurmoqchi.

Obekt 30 ming kishi yashashiga mo‘ljallangan va dunyodagi eng katta yashash maskani bo‘ladi, deb yozmoqda Daily Mail.

O‘y loyihasi

Maydoni kichikroq shaharga teng bo‘ladigan Skyline yashash maskani Katameya shahrida bunyod etiladi. 71 yoshli Xadid qurilish qiymatini 420 million funt deb baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uy 2025 yilda to‘liq foydalanishga topshiriladi.

Inshoot 60 ming kvadrat metr maydonni egallaydi va balandligi 11 qavat bo‘ladi. «Ginnessning rekordlar kitobi» vakillari Skyline dunyodagi eng katta yashash maskani bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini tasdiqladi.

Yashash maskani hududida maydoni 16 gektarli bog‘ hamda uy atrofini o‘rab oluvchi velosiped yo‘laklari qurish rejalashtirilgan. Shuningdek, u yerda xalqaro brendlar do‘konlari, restoranlar va fitnes-markaz joylashadigan savdo markazi bo‘ladi. Xonadonlar egalari ko‘ngil ochishlari uchun uchun muzli maydon, quruq chang‘i uchish tepaligi, sun'iy qoya quriladi. Uy tomida ulkan basseyn joylashadi. Skyline inshootida bir xonali xonadon narxi 35 ming funt sterlingdan boshlanadi, uch xonali xonadon narxi esa 90 ming funt bo‘lishi mo‘ljallanmoqda.

Qayd etilishicha, uch mingdan ortiq xaridor yashash maskanidan xonadon sotib olish uchun dastlabki mablag‘ni o‘tkazgan. Xonadonlarning birinchi egalari 2022 yil yozida ko‘chib kirishlari kutilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top