10:50 / 04.02.2020
0
3753

Onlayn auksion: 2,8 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Onlayn auksion orqali 688 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,8 mlrd so‘mni tashkil qildi 

Foto: KUN.UZ

2020 yilning 27 yanvar - 2 fevral kunlari “O‘zRTXB” AJ barcha savdo platformalarida 891,2 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 386,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolarining hajmi avvalgi haftaga nisbatan 13 foizga kamayib, 805,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 492,5 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Eksportning tarkibida polimer mahsulotlarining ulushi 73 foiz, paxta yog‘i ulushi 17 foiz va boshqa mahsulotlar ulushi 10 foizni egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 36,5 mlrd so‘mni, kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar esa 15,7 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 43 foizni tashkil etdi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 46,7 mlrd so‘mga teng bo‘ldi. Budjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 12,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 688 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 19,2 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48,4 foizi ikkinchi va 32,4 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top