21:07 / 04.02.2020
0
4806

Windows 10 yangilanishi kompyuterlarda nosozliklar keltirib chiqardi

Windows 10 foydalanuvchilari tizim yangilanishidan so‘ng muammolarga duch kelayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda Windows Latest portali xabar bermoqda.

Foto: Fotolia / DragonImages

Qayd etilishicha, KB4532695 raqamli yangilanishdan so‘ng kompyuterlarda "ko‘k ajal ekrani" paydo bo‘lgan. 

Boshqa foydalanuvchilar esa qurilmada ovoz chiqmay qolgani hamda internet tezligi jiddiy pasayib ketganidan shikoyat qilgan.

Portalning yozishicha, muammoni kompyuterni o‘chirib yoqish yoki tizimni qaytadan o‘rnatish orqali hal qilish mumkin. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top