19:54 / 04.02.2020
0
10926

Yangiyo‘lda ona-bola is gazidan zaharlanib vafot etdi

2 fevral kuni Yangiyo‘l tumanida 22 yoshli ayol va uning 2 yoshli farzandi is gazidan zaharlanib, halok bo‘ldi. Andijon shahrida esa 36 yoshli ayol hamda uning 13 va 10 yoshlardagi farzandlari is gazidan zaharlanish oqibatida shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent viloyatida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

2 fevral kuni soat 04:15larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Ittifoq» mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan ayol N.M. va uning 2018 yilda tug‘ilgan farzandi yashash uyining yotoqxonasidagi gaz pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, 2 fevral kuni soat 16:00 atrofida Andijon viloyatining Andijon shahri, «Soy» mahallasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan ayol D.X.ning yashash xonadonida chaqnash yuzaga kelishi natijasida o‘zi va 2 nafar farzandi - 2007 yilda tug‘ilgan A. va 2010 yilda tug‘ilgan B. turli darajadagi yengil kuyish tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan ham tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top