11:00 / 05.02.2020
0
11294
Reklama

Nemis shifokori AKFA Medline markazida bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazdi

AKFA Medline tibbiyot markaziga tashrif buyurgan nemis shifokori, professor-otorinolaringolog Markus Zukfyul bemorlar uchun bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazish bilan birga butun respublika bo‘ylab yig‘ilgan soha mutaxassislariga master klass ham o‘tib berdi.

Foto: AKFA Medline

4 fevral kuni AKFA Medline klinikasida maxsus taklifga ko‘ra Germaniyadan tashrif buyurgan mutaxassis – tibbiyot fanlari doktori, professor Markus Zukfyul ishtirokida tibbiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Myunxen shahridagi Marta-Mariya klinikasi LOR bo‘limi bosh shifokori bo‘lgan janob Zukfyul ilmiy ishlar bilan birgalikda Germaniya otolaringologlari jamiyati safida eshitish qobiliyati pasayishiga qarshi kurashlar bo‘yicha amaliyotlar olib boradi.

Mazkur tibbiy anjuman O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti ko‘magida tashkillashtirildi hamda mahalliy shifokorlar uchun LOR-patologiyasi mavjud bemorlarni davolashda uzluksiz davolash va jarrohlik usullari haqida jahon miqyosidagi qimmatli takliflar olish imkonini berdi.

Konferensiya jarayonida mehmon hamda mahalliy otorinolaringolog shifokorlar interfaol tarzda quyidagi mavzularni muhokama qildilar:

  • Implantlantiriluvchi eshitish apparatlari;
  • Jarrohlikda bosh va bo‘yin defektlari rekonstruksiyasi;
  • Timpanosklerozda davolash usulining o‘ziga xos jihatlari;
  • Giperplastik yiringli-polipoz sinusitlarda endoskopik sinus-xirurgiyaning o‘ziga xos jihatlari;
  • Ovoz paychalarining bir tomonlama parezida ovozni yaxshilash.

Bir muddat muqaddam doktor Markus Zukfyul respublikamiz fuqarolari uchun 100 ga yaqin bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazgan hamda AKFA Medline shifokorlari bilan birgalikda eshitish organlari va nafas olish tizimida 10 dan ortiq jarrohlik amaliyotlari amalga oshirgandi.

Bu vatandoshlarimizga yuqori darajadagi xizmat, nemis tibbiyotining ilg‘or jihatlaridan foydalanish bilan birga xorijga safar, aviatashuvlar bilan bog‘liq xarajat hamda vaqtlarini tejash imkonini bergan.

Konferensiya yakuniga ko‘ra, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tomonidan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Doktor Markus Zukfyulga esa AKFA Medline markazi direktori K.K.Mirzaliyeva tomonidan klinikaning faxriy professori diplomi taqdim etildi.

AKFA Medline klinikasi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, yurtimiz tibbiyoti mavqeini yuksaltirish sari harakatlar doirasida dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Telefon: +99871 203 30 03 yoki 1141 

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li, 5A

Mo‘ljal: «Beruniy» metro bekati

Sayt: www.akfamedline.uz

Telegram: t.me/akfamedline_uz

Instagram: instagram.com/akfamedline

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top