18:13 / 05.02.2020
0
12736

Pentagon qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

Foto: REUTERS/Kyla Gifford/U.S. Air Force Photo/Handout via Reuters

AQSh mudofaa vazirligi Minuteman III qit'alararo ballistik raketasining navbatdagi sinovini o‘tkazdi. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlari global zarba qo‘mondonligi matbuot xizmati xabar berdi. Xabarda aniqlik kiritilishicha, raketa parvozi Kaliforniya shtatidagi Vanderberg aviabazasi shaxtasidan amalga oshirilgan.

Raketaning o‘quv kallak qismi 6,75 ming kilometr masofani bosib o‘tgan va Tinch okeanida joylashgan Kvajaleyn atolli hududidagi nishonga kelib tekkan.

Amerika ekspertlarining fikricha, harbiy-havo kuchlari ixtiyorida 400ta Minuteman III rayetasi mavjud bo‘lib, ularga quvvati 300 yoki 335 kilotonna bo‘lgan bittadan yadroviy zaryad o‘rnatilgan.  

Pentagon 2036 yilda Minuteman III raketalarini yangi raketalarga almashtirishni rejalashtirgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top