21:34 / 06.02.2020
0
7698

Ohangaronda 1 milliard so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Davlat bojxona qo‘mitasi so‘nggi kunlarda bojxona qonunchiligi buzilishiga oid aniqlangan holatlar haqida ma'lumot berdi.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 1 milliard 20 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Tezkor tadbirda fuqaro G.R. boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu», fuqaro K.B. boshqaruvidagi «Lasetti» va fuqaro D.S.ga tegishli bo‘lgan «Lasetti» rusumli avtoulovlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashinalar yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 1 milliard 20 million so‘mlik jami 13 turdagi parfyumeriya va tibbiyot anjomlari yashirilgani ma'lum bo‘ldi.

Toshkentda qariyb 160 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Chilonzor tumanida fuqarolar T.M. va Q.A.lar shartli xaridorga umumiy qiymati 62 million so‘mlik jami 1291 dona «Montalin»  nomli dori vositalarni yashirincha sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, fuqaro Q.A. boshqaruvidagi Neksiya ham belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida mashinada 21 dona «SamyunWan» nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Tadbir davomida umumiy qiymati 157,2 million so‘mlik 1291 dona «Montalin» va 21 dona «SamyunWan» dorilari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Namanganda kompyuter monitorlari «qizil» yo‘lakdan o‘tolmadi

«Namangan» TIF bojxona postiga xorijiy davlatdan viloyatdagi MChJ nomiga jo‘natilgan tovarlar «Xavfni boshqarish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali «qizil» yo‘lakka yo‘naltirildi.

Tovarlar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 45 million so‘mlik 90 dona avvalda foydalanishda bo‘lgan kompyuter monitorlari borligi aniqlandi.

Surxondaryoda «zahri qotil» bojxona postida to‘xtatib qolindi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan xorij fuqarosi M.A. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada uning yuklari orasida umumiy og‘irligi 30,92 gramm bo‘lgan turli xildagi giyohlar bilan aralashgan holdagi quritilgan ko‘knori hashagi giyohvandlik vositasi borligi ma'lum bo‘ldi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top