12:14 / 06.02.2020
2
48394

Qo‘qonda janjal vaqtida uch kishiga o‘qotar quroldan o‘q uzildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida o‘qotar qurol qo‘llagan holda jinoyat sodir etildi

Illyustrativ foto

2020 yil 6 fevral kuni soat 00:10larda Qo‘qon shahar, General Uzoqov ko‘chasida joylashgan choyxonada fuqaro J.J. fuqaro B.M. va uning ikki nafar sheriklari bilan janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha, janjal davomida J.J. choyxona kirish eshigi oldida turgan B.M. va uning sheriklariga o‘zida bo‘lgan o‘qotar qurol (ov miltig‘i)dan ikki marotaba o‘q otib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan. 

Jabrlanuvchilar olgan jarohatlarning og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan. 

Mazkur holat yuzasidan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi "a, p" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.    

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top