10:11 / 06.02.2020
0
9897

Tramp Oq uyda Venesuela muxolifati yetakchisini qabul qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoni qabul qildi. Avvalroq Guaydo Trampning kongressga murojaatida ishtirok etgandi.

Foto: The White House

“Prezident Donald Tramp Oq uyda Xuan Guaydoni qabul qildi. AQSh Venesueladagi noqonuniy diktaturaga qarshi kurashish maqsadida mintaqadagi hamkorlar bilan ishni davom ettirmoqda va Venesuela xalqini demokratik kelajak va ravnaqqa erishishida qo‘llab-quvvatlaydi”, deyilgan Oq uy xabarida.

Guaydo 4 fevralda AQSh kongressiga prezidentning vakillar palatasi va senatga AQShning joriy holati bo‘yicha har yillik murojaatiga taklif qilingandi. U Trampning rafiqasi Melaniya yaqinida o‘tirgan. Tramp o‘z nutqida Guaydoning zalda borligini ma'lum qilgan va uni “Venesuelaning haqiqiy va qonuniy prezidenti” deb atagan. AQSh prezidenti o‘z nutqida Vashington Venesuela, Nikaragua va Kubada “demokratiyani tiklash”ga intilishlarni qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab o‘tgan.

Venesueladagi vaziyat 2019 yil 23 yanvarda parlament spikeri Xuan Guaydo o‘zini Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e'lon qilgandan keyin keskinlashgandi. AQSh Guaydoni vaqtinchalik prezident deb tan olgan, unga  Amerika davlatlari tashkiloti va Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlari qo‘shilgan. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bo‘lib o‘tgan voqealarni davlat to‘ntaruviga urinish deb atab, AQSh bilan diplomatik aloqalar uzilishini e'lon qilgan. Uni Rossiya, Belarus, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Suriya va Turkiya qo‘llab-quvvatlagan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top