14:23 / 06.02.2020
0
27505

Xitoy koronavirus sababli keskin choralar ko‘rayotgan davlatlarga norozilik bildirdi

XXR tashqi ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlarning harakatlari kasallik tarqalishining oldini olishda yordam bermaydi, balki jamiyatda sun'iy ravishda vahima keltirib chiqaradi.

Xua Chunin / Foto: AP Photo / Ng Han Guan, File

Xitoy koronavirus tarqalishi sababli Xitoyga nisbatan o‘ta keskin cheklov choralari joriy etgan mamlakatlarga norozilik bildirdi. Bu haqda XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin ma'lum qildi.

U Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) Xitoy hukumatining kasallik tarqalishiga qarshi ko‘rayotgan choralarini yuqori baholaganini va Xitoy bilan aloqalarni cheklashni tavsiya etmaganini ta'kidladi. Qator davlatlar keskin choralar ko‘rganidan so‘ng Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (XFAT) ham mamlakatlarni JST tavsiyalariga rioya qilishga chaqirdi.

"Biz JST va XFATning professional tavsiyalarini inkor etgan tegishli davlatlarga norozilik bildiramiz", - dedi Xua Chunin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlarning harakatlari kasallik tarqalishining oldini olishda yordam bermaydi, balki jamiyatda sun'iy ravishda vahima keltirib chiqaradi.

Avvalroq Xitoy AQShni koronavirus to‘g‘risida ataylabdan vahima tarqatishda ayblagandi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 28 mingdan oshgan, 563 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top