15:32 / 07.02.2020
0
5103

2019 yilda qidiruvda bo‘lgan shaxslardan 3393 nafari ushlangan

2019 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB qidiruv ishlarini tashkil etish boshqarmasi tomonidan respublika ichki ishlar organlarida qidiruv yo‘nalishidagi ishlarni jadallashtirish, MDH ishtirokchi davlatlari ichki ishlar organlari bilan hamkorlik borasida bir qator tashkiliy va amaliy tadbirlar tashkillashtirildi.

IIV JQBB tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil davomida IIV tomonidan ichki ishlar organlarida qidiruv faoliyatini jadallashtirish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida qidiruvda bo‘lgan shaxslardan 3393 nafari ushlangan.

Hozirgi kunda umumiy ushlanmasdan qolayotgan qidiruvdagilar salmog‘i 2018 yilga nisbatan 1146 nafarga kamayishiga erishilgan.

Shuningdek, respublika hududini tark etib, MDHga a'zo davlatlar hududida yashiringan qidiruvdagi shasxlarni qidirib topish bo‘yicha olib borilgan ishlar hamda ushbu davlatlarning xuquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida:

- Rossiya Federatsiyasida 424 nafar;

- Qozog‘iston Respublikasida 94 nafar;

- Qirg‘iziston Respublikasida 22 nafar;

- Ozarboyjon Respublikasida 3 nafar;

- Belarus Respublikasida 4 nafar;

- Tojikiston Respublikasida 3 nafar shaxslar qo‘lga olingan.

Bugungi kunda, ushlanganlardan 182 nafari ekstraditsiya qilib olib kelinishiga erishilgan. Qolgan shaxslarni ekstraditsiya qilish uchun «Jinoiy, fuqarolik va oilaviy masalalar yuzasidan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Minsk konvensiyasi»ga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan hujjatlarni o‘rganish va tayyorlash ishlari davom etmoqda.

Bundan tashqari, xalq dardini eshitish, aholiga ko‘mak berish va ularning mushkulini oson qilish bo‘yicha qo‘yilayotgan talablardan kelib chiqib, ichki ishlar organlari rahbariyati va xodimlari tomonidan xalq orasida olib borayotgan tushuntirish ishlari natijasida, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir qilgan 51 nafar qidiruvdagi shaxslar chet davlatlardan o‘z ixtiyori bilan kaytib kelgan. Ushbu shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi boshqa ehtiyot chorasiga o‘zgartirilib, o‘z oilalari bag‘riga qaytarilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top