20:35 / 08.02.2020
0
11175

Jismoniy tarbiya va sport vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Elbek Shukurov 2018 yildan hozirga qadar Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Foto : Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Elbek Shukurov jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Elbek Habibullayevich Shukurov 1988 yil 18 martda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-2009 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2009 yil “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Xalqaro munosabatlar, sport va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida boshlagan. So‘ngra “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari, keyinchalik raisi, 2015-2018 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a'zosi bo‘lgan.

2018 yildan hozirga qadar Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Elbek Shukurov 2017 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Avvalroq O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston sport vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangani xabar qilingandi

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top