15:33 / 08.02.2020
3
57465

Prezident tomonidan vazir o‘rinbosarligiga tavsiya qilingan talaba lavozimga tayinlandi  

Yusuf Absoatov oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, Yusuf Qodirovich Absoatov O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Yusuf Absoatov

O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri Abdulla Aripov 2020 yil 8 fevral kuni bu haqdagi tegishli hujjatni imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida ta'lim sohasi uchrashuv davomida O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich magistratura talabasi Yusuf Absoatovni oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosarligiga tavsiya qilgandi.

Yusuf Absoatov prezident bilan uchrashuvda ta'lim sohasiga oid taklifini ilgari surgan. U davlat rahbariga OTMlar va maktablarni o‘zaro elektron tarzda ulab, onlayn darslar tashkil etish g‘oyasi haqida so‘zlab bergan. Shuningdek, qishloqlarda internet sifatini yaxshilashning muhimligini ta'kidlagan.

Endilikda magistraturaning 30 yoshli talabasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining o‘rinbosari sifatida ish boshladi. Vazirlikda bunday lavozim yangi ta'sis etildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top