21:11 / 11.02.2020
0
16427

JSST yangi koronavirusga nom berdi

Xitoyda tarqalgan yangi koronavirusga rasmiy nom berildi. Avvalroq Xitoyda virusga vaqtincha NCP nomi berilgandi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesusning ma'lum qilishicha, tashkilot koronavirusni COVID-19 deb nomladi.

“Rasmiy nom noaniq yoki tahqirlovchi boshqa nomlar qo‘llanishi oldini olish uchun talab etiladi. JSST, FAO va Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti o‘rtasida mavjud qoidalarga ko‘ra, biz geografik nom, hayvon, odam yoki odamlar guruhi bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu bilan birga kasallik bilan bog‘langan va talaffuz etilishi oson bo‘lgan nom topishimiz kerak edi”, deb aytgan Gebreyyesus Jyenevadagi matbuot anjumanida.  

JSST rahbarining tushuntirishicha, nomdagi CO birikmasi koronavirusni, VI - virusni va D kasallikni anglatadi, ya'ni COVID “Corona Virus Disease” (koronavirus bilan chaqiriluvchi kasallik) iborasining qisqartmasi hisoblanadi. “19” soni esa u aniqlangan yil – 2019 yilni anglatadi.  

Bungacha koronavirus 2019-nCoV (“2019 yildagi yangi koronavirus”) deb atalib kelinayotgandi. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 1018 nafarni, kasallanganlar soni esa 42708 nafarni tashkil qilmoqda.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top