14:08 / 12.02.2020
3
7645

O‘zbekiston yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni tezkor internet bilan ta'minlamoqchi

O‘zbekistonda telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish rejalashtirilmoqda

Foto: KUN.UZ

Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 aprelga qadar amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:

keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish;

yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni tezkor Internet bilan ta'minlash;

800 ming keng polosali ulanish abonent portlarini o‘rnatish;

ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish;

40 ta server qurilmasi va 5 ta komplekt ma'lumotlarni saqlash tizimini o‘rnatish;

mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish;

olis aholi yashash joylarida mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish orqali 2 mingdan ziyod baza stansiyalarini qurish va modernizatsiya qilish;

optik tolali aloqa liniyalari tarmoqlarini qurish;

FTTx texnologiyasi orqali 12 000 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish;

loyihani amalga oshirish natijasida aholiga sifatli keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top