10:04 / 13.02.2020
0
28101

Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan 19 sportchi pul mukofoti bilan taqdirlandi

Prezident “Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishni imzoladi.

Husniddin Norbekov/Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Sportning Olimpiya va Paralimpiya, shu jumladan parataekvondo bo‘yicha 2019 yil 3-8 fevral kunlari Antaliya shahrida (Turkiya), og‘ir atletika bo‘yicha 2019 yil 14-28 sentabr kunlari Pattayya shahrida (Tailand), parasuzish bo‘yicha 2019 yil 16-22 sentabr kunlari London shahrida (Buyuk Britaniya), parayengil atletika bo‘yicha 2019 yil 7-15 noyabr kunlari Dubay shahrida (BAA) bo‘lib o‘tgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi sportchilar:

Husniddin Norbekov - parayengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;

Bobirjon Omonov - parayengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;

Doniyor Soliyev - parayengil atletika bo‘yicha uzunlikka sakrash yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;

Shohsanam Toshpo‘latova - parasuzish bo‘yicha batterflay 100 metr yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;

Bekjon Chevarov - parayengil atletika bo‘yicha uzunlikka sakrash yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;

Islom Aslanov - parasuzish bo‘yicha erkin 50 metr, erkin 100 metr hamda batterflay 100 metr yo‘nalishlarida ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 18 000 AQSh dollari; 

Sofiya Burhonova - parayengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;

Timur G‘iyosov - parayengil atletika bo‘yicha balandlikka sakrash yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;

Akbar Jo‘rayev - og‘ir atletika bo‘yicha 109 kg vaznda ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;

Firdavs Musabekov - parasuzish bo‘yicha brass 100 metr yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;

Guljanoy Naimova - parataekvondo bo‘yicha 58 kg vaznda ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;

Nozimaxon Qayumova - parayengil atletika bo‘yicha nayza uloqtirish yo‘nalishida uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;

Azizjon Marasulov - parataekvondo bo‘yicha 75 kg vaznda uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;

Nigoraxon Mirzohidova - parasuzish bo‘yicha chalqancha 100 metr yo‘nalishida uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;

Sanjar Muxtorov - parataekvondo bo‘yicha 61 kg vaznda uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;

Muattar Nabiyeva - og‘ir atletika bo‘yicha 55 kg vaznda uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;

Elbek Sultonov - parayengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish yo‘nalishida uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;

Shohsanam Toshpo‘latova - parasuzish bo‘yicha erkin 100 metr yo‘nalishida uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;

Muzaffar Tursunxo‘jayev - parasuzish bo‘yicha erkin 50 metr yo‘nalishida uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;

Adhamjon Ergashev - og‘ir atletika bo‘yicha 67 kg vaznda uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Moliya vazirligi ko‘rsatilgan sportchilarni bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini nazarda tutadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top