08:21 / 13.02.2020
0
4983

Toshkentda 71-maktabning bir qismida suv to‘planib qoldi. XTV holat bartaraf etilganini bildirdi

13 fevral kuni bo‘ladigan o‘quv jarayonlari dars jadvali asosida to‘liq olib boriladi

2020 yil 12 fevral kuni kuchli yog‘ingarchilik sababli Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 71-sonli umumta'lim maktabining hovlisi va o‘quv binosining bir qismida suv to‘planib qolgan. 

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, bu vaqtga kelib maktabda dars soatlari yakunlangan bo‘lib, o‘quvchilarning maktabdan chiqishida qiyinchilik tug‘dirgan. 

Tuman xalq ta'limi bo‘limi tomonidan 71-sonli maktabdagi mazkur holatni bartaraf etish va o‘quvchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va boshqa tegishli idoralarga ma'lumot berildi.  

O‘quvchilar maktab hovlisidan betalafot chiqarilgan. 71-maktabga o‘quvchilarning qiyinchiliksiz darslarda ishtirok etishlarini ta'minlash uchun sharoit yaratildi. Tumanning mas'ul tashkilotlari tomonidan maktab hovlisidagi suv chiqarib tashlanib, muassasadagi ariq va drenajlar tozalandi. 

“Hozirda barcha noqulayliklar bartaraf etilganligini inobatga olgan holda, 13 fevral kuni bo‘ladigan o‘quv jarayonlari dars jadvali asosida to‘liq olib borilishini ma'lum qilamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top