09:09 / 14.02.2020
0
15700

DXA Toshkent shahar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Sanjar Abdullayev Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Adliya vazirining buyrug‘i bilan Sanjar Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Davlat xizmatlari agentligi xabarida aytilishicha, S. Abdullayev shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Uznews xabariga ko‘ra, Sanjar Abdullayev yangi lavozimda Husan Ochilovni almashtirdi.
 
S. Abdullayev 1987 yil Toshkentda tug‘ilgan, 2010 yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavriatini, 2012 yilda magistraturasini tamomlagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top