09:30 / 14.02.2020
2
21030

Uchta OTMda masofaviy o‘qitish shakli joriy etilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistondagi uchta oliy ta'lim muassasasida tajriba tariqasida masofaviy o‘qitish shakli joriy etilishi mo‘ljallanmoqda

Foto: Shutterstock

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetida, tajriba tariqasida, masofaviy o‘qitish shakli joriy etilishi mumkin.

Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 aprelga qadar masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibini belgilash, dasturiy-apparat kompleksini yaratish va ko‘rsatib o‘tilgan oliy ta'lim muassasalarini o‘quv jarayoniga masofaviy ta'limni joriy etish uchun zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlashni ta'minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 1 yanvarga qadar tajriba-sinov natijalarini inobatga olgan holda O‘zbekistonning oliy ta'lim tizimiga masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish to‘g‘risidagi takliflarni o‘qitishning ushbu shaklini amalga kiritishning oliy ta'lim muassasalari va ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi grafigi bilan birgalikda kiritadi.

Avvalroq, OTMga kirish imtihonlari soddalashtirilishi xabar berilgandi.

Xususan, umumta'lim yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta'lim muassasasiga kirish imtihonlarini unifikatsiyalashtirib, yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va takliflarni keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish, tajriba-sinov tariqasida Yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top