08:00 / 17.02.2020
0
10203

Karantinda turgan Diamond Princess kemasidagi 44 amerikalikda koronavirus aniqlandi

Foto: AP Photo/Jae C. Hong

Yaponiyaning Yokogama shahri portida karatinda turgan Diamond Princess kruiz layneridagi 44 amerikalikda koronavirus aniqlandi. Laynerda koronavirusga chalinganlar umumiy soni 355 nafarni tashkil qilmoqda.

Bu haqda AQShning yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi ma'lum qildi. 

AQSh 16 fevraldan kemadagi amerikaliklarni evakuatsiya qilishni boshlagandi. 

“Ular hech qayerga bormaydilar. Ular Yaponiyadagi shifoxonalarga olib boriladilar. Virus aniqlangan odamlar evakuatsiyani amalga oshirayotgan samolyotga chiqarilmaydilar. Qolganlar esa AQShning harbiy bazalariga evakuatsiya qilinadilar”, deb aytgan Fauchi.

Kema fevral boshidan beri karantinda turibdi. Kemada hammasi bo‘lib 3,7 mingga yaqin odam bor. Kema karantinda 19 fevralgacha qoldiriladi. Unda hammasi bo‘lib 400 ga yaqin amerikalik bor. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirusdan butun dunyo bo‘ylab kasallanganlar soni 71,3 mingdan oshib ketdi, vafot etganlar soni esa 1775 kishiga yetdi. Xitoyda bir kun ichida kasallanganlar 2048 nafarga, vafot etganlar 105 nafarga ko‘paygan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top