22:54 / 18.02.2020
0
11234

Britaniya bosh vaziri rafiqasi bilan ajrashish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va uning rafiqasi Marina Viler 25 yillik birgalikdagi turmushdan keyin 2018 yilda ajrashishga qaror qilishgandi. Jonson 2 yil o‘tibgina rafiqasi bilan ajrim kelishuvini tuzishga erishdi.

Foto: Sky News

Bu haqda Express nashri xabar berdi

Jonson 2 yillik sud jarayonidan keyin rafiqasi bilan ajrim bo‘yicha moliyaviy kelishuvga erishdi. Shundan keyingina sudya bosh vazirga nikohni bekor qilish haqidagi arizani yozishga ruxsat berdi.

Ma'lum qilinishicha, 55 yoshli Jonson va uning 54 yoshli rafiqasida 4 farzand bor.   

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Jonsonning rafiqasi erining ko‘plab xiyonatlari sababli u bilan ajrashishga qaror qilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top