13:00 / 18.02.2020
0
5312

Suv inshooti rekonstruksiyasi, 20 ta suv qudug‘i va temir-beton akveduk: «Samarqandmaxsussuvdrenaj» faoliyatidan lavhalar

Foto: Samarqandmaxsussuvdrenaj

Yerning unumdorligi — xalqning farovonligi demak. Yerning unumdorligini oshirishda hal qiluvchi omillardan biri sug‘oriladigan yerlarda melioratsiya va irrigatsiya obektlari tarmog‘ini rivojlantirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish.

Shu sababdan ham sug‘orish tizimining yaxshilanishiga ulkan e'tibor qaratib kelinmoqda. Samarqand viloyatida melioratsiya va irrigatsiya inshootlarini qurish, qayta qurish va ta'mirlash, quduqlar qazish kabi ishlarda «Samarqandmaxsussuvdrenaj» mas'uliyati cheklangan jamiyatining alohida hissasi bor.

2004 yilda tashkil topgan mazkur korxona burg‘ulash, quduqlar qazish, ichimlik suv, texnik suv va yer osti suvlari sathini pasaytirish, suv xo‘jaligi qurilishi obektlarini barpo etish sohasida faoliyat ko‘rsatib keladi.

Shu bilan birga qurilish materiallari va tayyor beton ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

2019 yilda ekin maydonlariga suv chiqarish va sug‘orishga ixtisoslashgan obektlarni ta'mirlash kabi ishlarda «Samarqandmaxsussuvdrenaj» MChJ ham qator loyihalarni amalga oshirdi..

Xususan, «Samarqandmaxsussuvdrenaj» MChJ tomonidan Payariq tumanidagi Nakurt, Qulto‘sin va G‘allakor mahallalarida qazilgan 20 dona quduq 245 gektar yerni suv bilan ta'minlash imkonini yaratib berdi. Shu tumandagi Qorasuv suv omborining suv chiqarish zovurini Pay kanali bilan kesishgan joyida temir beton akveduk qurilishi hududdagi qishloq xo‘jaligi ishlarida katta ko‘mak beradigan bo‘ldi.

Bu kabi loyihalarning hayotga tatbiq etilishi, hududlarda suv ta'minotini yaxshilash barobarida, fermer xo‘jaliklarining hamda aholi tomorqasining qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosildorligi oshishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, Urgut tumanidagi Ravotxo‘ja suv taqsimlash inshootining rekonstruksiya ishlari ham yakuniga yetkazilishi fermer va dehqonlar uchun katta yengillik bo‘ldi.

Reklama huquqi asosida

 

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top