13:18 / 18.02.2020
0
9280

Taxminan 100ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilyapti – Iqtisodiyot va sanoat vaziri 

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida xalqaro konferensiya ish boshladi. Konferensiyaning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalariga bag‘ishlangan sessiyasida iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyotni joriy etishda xorijiy tajriba o‘rganilgan.

Botir Xo‘jayevning taqdimotida ayrim davlatlarda raqamli iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi haqidagi statistik ma'lumotlar berildi. Unga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich Rossiyada 3,9 foiz, Hindistonda 5,5 foiz, Belarusda 6,5 foiz, Xitoyda 10 foiz, AQShda 10,9 foizni tashkil etadi. 

2020-2022 yilda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda 3ta yo‘nalishga e'tibor qaratilishi aytib o‘tildi.

“Birinchi navbatda, boshqaruv tizimida. Ikkinchi yo‘nalish – moliyaviy-iqtisodiy yo‘nalishdagi raqamli yechimlarni joriy etish, bu jarayonni to‘liq tugatish. Uchinchi yo‘nalish – tarmoqlar va hududlar o‘rtasida marketing, mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq yo‘nalishlarni joriy etishga qaratilgan loyihalar. Taxminan 100ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilyapti. Bu ishlar kon-metallurgiya kombinatlarida, neft-gaz sohasida davom ettiriladi”, - dedi Xo‘jayev.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top