10:05 / 18.02.2020
0
13090

YHXBB haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yo‘l harakati qatnashchilariga ogohlantirish bilan chiqdi

Foto: KUN.UZ

Respublika hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, qor yoqishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda, haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida, ayniqsa, dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmasliklarini so‘ragan.

Qayd etilishicha, zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslik, piyodalar yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishi, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishi kerak.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top