12:56 / 19.02.2020
0
10157

Bloomberg: Rossiya Venesuela uchun pul chop etmoqda

Shartnomaga ko‘ra, 300 million dona kupyura tayyorlanadi. Banknotlarning umumiy qiymati 143 million dollarni tashkil etadi.

Foto: Bloomberg

Rossiya Venesuela uchun banknotlar chop etmoqda, deb xabar berdi Bloomberg "Goznak" AJ va Venesuela markaziy banki o‘rtasidagi shartnoma nusxasiga asoslanib.

Agentlikning ma'lumot berishicha, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2019 yil noyabrda tuzilgan. Shartnomaga ko‘ra, 300 million dona venesuela bolivari tayyorlanadi. Banknotlarning umumiy qiymati 143 million dollarni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, ushbu xizmat Karakasga 7,4 million dollarga tushadi.

Venesuela Rossiyaga pul chop etish uchun buyurtma beradigan yagona davlat emas. Buyurtmachilar qatoriga Belarus, Livan, Gvatemala, Malayziya va boshqa davlatlar ham kiradi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top