17:16 / 19.02.2020
0
93957

Botir Parpiyev vazir o‘rinbosariga aylandi

Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev Mahalla va oila masalalari vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Botir Parpiyev / Toshkent viloyati matbuot xizmati

Bugun, 19 fevral kuni, Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi tashkil etilgan Mahalla va oila masalalari vazirligiga vazir o‘rinbosarlari tayinlandi.

Kun.uz manbasi tasdiqlashicha, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengash raisining keksalar va faxriy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Parpiyev yangi vazirlikda vazir o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Ma'lumot uchun, u 1990-yillarda ichki ishlar tizimida ishlagan, 1998-2002 yillarda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2002 yilning iyun oyidan dekabr oyigacha – O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002-2004 – O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan, 2003 yilda bojxona xizmati general-leytenanti unvonini olgan.

2004 yildan Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan Botir Parpiyev 2018 yilning mayida lavozimidan ozod etilgan, keyinroq «Mahalla» kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlay boshlagandi.

Eslatib o‘tamiz, «Mahalla» kengashi raisi Rahmat Mamatov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga nomzod sifatida ma'qullangan, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov esa o‘z lavozimini saqlab qolgan holda vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top