16:46 / 19.02.2020
12
129558

O‘zbekistonda avtomobil narxi oshdimi? UzAuto Motors ma'lumotga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors Spark, Cobalt va Lacetti yangi avtomobillariga narxlarni oshirgani to‘g‘risida ma'lumot paydo bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Kompaniya xabariga ko‘ra, 2020 yildan boshlab UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi komplektatsiyalardagi Spark, Cobalt, Lacetti avtomobillari jahon standartlariga oid texnik reglamentga amal qilgan holda ba'zi qo‘shimcha opsiyalar bilan jihozlanmoqda. 

«Shu bois mazkur opsiyalarning belgilangan narxi avtomobil narxiga qo‘shimcha sifatida qo‘shilgan. Ya'ni avtomobil narxi o‘z-o‘zidan emas, qo‘shimcha opsiya o‘rnatilgani uchun biroz oshgan. Mazkur holat diler va xaridor o‘rtasida tuziladigan shartnomaning 2.4 bandida ham keltirib o‘tilgan», - deyiladi ma'lumotda. 

Ta'kidlanishicha, shartnoma shartlariga ko‘ra, qo‘shimcha opsiyalar kiritish bilan bog‘liq ravishda avtomobil (tovar) narxi o‘zgargan taqdirda xaridor o‘z xohishiga binoan to‘langan to‘lov summani qaytarish sharti bilan tovarni qabul qilishdan voz kechishi, qiymatdagi farqni to‘lashi yoki tovarni yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan boshqa model va modifikatsiyadagisiga almashtirishni talab qilish huquqiga ega. 

UzAuto Motors qo‘shimcha opsiyalar, ularning turi va narxi bo‘yicha batafsil ma'lumot keltirilgan jadvalni ham e'lon qildi:

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top